Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga kirib kelishda «Afrosiyob»ning oynasi sindi

Toshkentga kirib kelishda «Afrosiyob»ning oynasi sindi

Foto: IIV

23-iyun kuni mashinist M.Fayzirahmonov boshqaruvdagi «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdining elektrovoz oynasiga qattiq jism kelib tegishi natijasida darz ketgan.

Bu haqda Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga 23-iyun kuni soat 20:05 da IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish bataloni navbatchisi Sh.Asomov telefon orqali xabar bergan.

Voqea joyiga chiqilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, «S.Rahimov» temir yo‘l bekatining 3378-km. 5-to‘siqda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, «Choshtepa» mahallasi hududida, Toshkent metropoliteni yo‘lining qurilishi olib borilayotgan vaqtida, temir yo‘l izining ustidan o‘tuvchi metropoliten ko‘prigiga beton nasosi orqali quyilgan beton mahsuloti qotmaganligi sababli «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan «Afrosiyob» yo‘lovchi tezyurar poyezdi elektrovozining old oynasiga beton qorishmasi bo‘laklari tegib darz ketganligi ma’lum bo‘lgan.

Surishtiruvni Toshkent-Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring