Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentlik 13 yoshli qiz qidirilmoqda

Toshkentlik 13 yoshli qiz qidirilmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB

2007-yilda tug‘ilgan, Chilonzor tumanida yashovchi Jumabayeva Farangiz Vaxidovna, joriy yilning 21 noyabr kuni uyidan chiqib, noma’lum tarafga ketgan va qaytib kelmagan.

Bu haqida qizning onasi 5 dekabr kuni Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan.

Belgilari: bo‘yi 165-170 santimetr, o‘rta gavdali, ko‘zi qora qoshi qalin, sochi kalta va qora rangda. 

Egnidagi kiyimi: jigarrang palto, qora kofta, qora shim, oq krassovka.

Izoh: yoshiga nisbatan katta ko‘rinadi, o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishi mumkin.

Qidiruvda yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishi so‘ralgan: 71-233-83-74, 71-233-82-37, 71-232-08-10, 71-232-05-62, 71-281-92-54, 97-449-02-11, 98-125-57-60.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring