Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yda kelin bilan raqs qotillikka sabab bo‘ldi

To‘yda kelin bilan raqs qotillikka sabab bo‘ldi

Foto: Skrinshot

Qorachoy-Cherkes Respublikasidagi to‘yda kelin bilan raqs tushgani uchun mehmonni o‘ldirishdi. Bu haqda 25-avgust «112» Telegram-kanali xabar bergan.

Aniqlanishicha, to‘y oqshomida bir nechta erkak qiz bilan raqs tushmoqchi bo‘lishgan. Natijada ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Shu vaqtda otishma sodir bo‘lgan. Mehmonlardan biri ko‘ksidan yaralangan. Jarohatlangan kishi Cherkesska shifoxonasida hushiga kelmay vafot etdi.

Qotillikda 31 yoshli Aslan Utagonov va 32 yoshli Samvel Kirakosyan gumon qilinmoqda. Otishmadan so‘ng ular oq Porsche Cayenne rusumli mashinasida qochib ketishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring