Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzbekistan Airways fors-major holatlar haqida ma’lum qildi

Uzbekistan Airways fors-major holatlar haqida ma’lum qildi

Ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan fors-major holatlar tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvoz yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur, deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Namangan – Nijnevartovsk va Namangan – Irkutsk yo‘nalishlari bo‘yicha HY9807 va HY9821 aviaqatnovlari Toshkent xalqaro aeroportidan quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 04:00da;
  • Nijnevartovskka uchib kelish mahalliy vaqt bilan 07:45.
  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 06:45;
  • Irkutskga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da.

Nijnevartovsk va Irkutskdan Namanganga yo‘nalish bo‘yicha HY9808 va HY9822 aviaqatnovlari quyidagi jadval bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi:

  • Nijnevartovskdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 09:00;
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 12:50 da.
  • Irkutskdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 13:00da;
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 17:40.

Yuqoridagi aviaqatnovlar yo‘lovchilariga aviaqatnovlarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda yetib kelishlari tavsiya etilgan.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli reyslarga cheklovlar yaratildi, va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida HY9801/9802 Namangan – Perm – Namangan, HY9805/9806 Namangan – Samara – Namangan yo‘nalishlari o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladi.

HY9801/9802 aviaqatnovlari, Toshkent - Perm - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 9:00;
  • Permga uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da;
  • Permdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 15:00 da;
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 18:10 da.

HY9805/9806 aviaqatnovlari, Toshkent - Samara - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 19:35;
  • Samaraga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 23:05 da;
  • Samaradan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 01:05 (ertasi kun);
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 04:30 (ertasi kuni).

Yuqoridagi reyslar yo‘lovchilariga reyslarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda yetib kelishlari tavsiya etilgan. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha sayohat qilayotgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportiga yetib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishlari tavsiya etilgan.

Aviaqatnovlar vaqti o‘zgartirilgan yo‘lovchilar uchun, jarima to‘lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to‘langan pul miqdorini to‘liq qaytarib olish huquqiga ega ekanligi eslatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring