Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda o‘z qiziga ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazgan ota besh sutkaga qamaldi

Xorazmda o‘z qiziga ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazgan ota besh sutkaga qamaldi

Foto:«Time.kz»

Xiva tumanida yashovchi voyaga yetmagan Nafosat (ismi o‘zgartirilgan)ning tuman IIB tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun beriladigan himoya orderi bo‘lishiga qaramay ichkilikni kasb qilgan otasi va amakisi unga ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazishda davom etgan.

Jabrlanuvchi sudga murojaat qilib, otasi unga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlar qilishni, haqoratlashni davom ettirayotganini va amakisi janjal ko‘tarib, o‘ldirishini aytib tahdid qilganligini  ma’lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudida tomonlar va guvohlarning ko‘rsatmasi eshitilib qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra Sh. Qodirov(ism sharifi o‘zgartirilgan)  va J. Qodirov(ism sharifi o‘zgartirilgan) MJtKning 2061-moddasi bilan to‘g‘ri malakalangan deb hisoblandi.

Sud ayblanuvchilarning oilaviy, moddiy ahvoli va boshqa holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 245, 309, 310, 311-moddalarini qo‘llab, MJtKning 2061-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topdi.

Sh. Qodirov va J. Qodirovga 5  sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, ma’muriy qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi qiymatida qamoq xarajatlari undirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring