Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusoboddagi mahallani suv bosdi. Yomg‘ir va shamol sababchi emas

Yunusoboddagi mahallani suv bosdi. Yomg‘ir va shamol sababchi emas

Videolavhalardan skrinshot

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani, 12-kvartaldagi ko‘chalar va ko‘pqavatli uylar atrofini suv bosgani haqida videolar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:

«Bugun soat 20:15 larda Yunusobod tumani, Ahmad  Donish ko‘chasidan o‘tgan 600 diametrli toza ichimlik suvi quvurida avariya holati kuzatildi. 

Hozirda mazkur hududda «Suvsoz» MChJ tomonidan ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan va maxsus texnika ish olib bormoqda.

Muammo bartaraf etilguniga qadar tumanning 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16-mavzelari va “Kulol” MFY aholisi toza ichimlik suvi ta’minotidan vaqtinchalik uzildi.

Ayni paytda yuzaga kelgan avariya sabablari o‘rganilmoqda. Ichimlik suvi ta’minoti tonggi 06:00 da tiklanadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring