Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgar «o‘z oyog‘i bilan keldi»

1 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgar «o‘z oyog‘i bilan keldi»

Foto: «Askinskajanov.rbsmi.ru»

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga kiritilayotgan yangiliklar, innovatsion texnologiyalar nafaqat harakatlanish xavfsizligi yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirmoqda, balki ko‘plab jinoyatlarning fosh etilishida ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 25-sentyabr kuni, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani IIB YHXB Ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori, serjant Otamurod Abdullayev qabuliga o‘z nomida bo‘lgan, lekin boshqa D.Ye. ismli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan transport vositasini jarima maydonidan chiqarish maqsadida kelgan shaxsni markazlashgan kompyuter bazasiga kiritadi.

Transport vositasini egasini ma’lumotlarini kompyuterdagi maxsus dastur orqali tekshirilganida, fuqaro M.Sh qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Unga nisbatan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismiga asosan jinoyat ishi ochilib 2019- yil 8-iyun kuni qidiruv e’lon qilingan edi, deb yozadi Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring