Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018 yilda 9 nafar advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan

2018 yilda 9 nafar advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan

Foto: «Xs.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi 2016-2018 yillar davomida jinoiy javobgarlikka tortilgan advokatlar soni haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2018 yil davomida 9 nafar advokatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, sud hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganlar soni ham 9 nafarni tashkil etadi. Bu haqda «Advokatnews.uz» xabar bermoqda.

Hududlar kesimida olinganida, Toshkent shahri va Namangan viloyatida ikki nafardan advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan. Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa bunday holat bittadan qayd etilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan advokatlar soni 2017 yilda 29 nafarni, 2016 yilda esa 32 nafarni tashkil etgan. Hududlar kesimi bo‘yicha esa eng katta raqamlar Toshkent shahri (tegishli ravishda 9 va 10 nafar) hamda Samarqand viloyati (2 va 5 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring