Afg‘onistondan olib o‘tilgan narkotik moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, «Toshkent-Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli transport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosining yonida 4 kg 897 gr «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi ushbu ajal og‘usini Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olganligi aniqlanib, mazkur hudud ko‘zdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr. «gashish» moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, muqaddam uchinchi shaxslar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter