Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon va Navoiyda mo‘may pul ilinjidagi shaxslar qo‘lga olindi

Andijon va Navoiyda mo‘may pul ilinjidagi shaxslar qo‘lga olindi

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1990 y.t., muqaddam sudlangan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, unga tumandagi fermer xo‘jaliklardan biriga tegishli yer maydonidan 15 sotix qismini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytgan va yer maydoniga nisbatan rasmiylashtirilgan soxta hujjatlarni ko‘rsatib, kelgusida mazkur yer maydoniga noturar joy sifatida hujjatlar tayyorlab, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 65 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlar tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 60 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

 viloyati Karmana tumanidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MChJga qarashli 2,2 gektar yer maydonini xaridorga 490 mln. so‘mga sotishga kelishib, ushbu yer maydonida kottej uylar qurish uchun mansabdor tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, MChJ rahbari talab qilingan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Avvalroq sobiq hokim va ichki ishlar xodimi hamda hokim yordamchisi ushlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring