Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda mas’ul shaxslar DXX tomonidan qo‘lga olindi

Andijonda mas’ul shaxslar DXX tomonidan qo‘lga olindi

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda yer sotish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlarini aniqladi.

Andijon viloyati hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligi tashkil qilishi uchun Xo‘jaobod tumani hokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar o‘zlarining bu yordamlari uchun avans sifatida 7 ming dollar olganliklari aniqlandi.

Shuningdek, olgan pullarining 70 ming dollarini Andijon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ishlovchi tanishiga berishlari kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u ham pul olgan vaqtida ushlandi.

Muqaddam Andijon shahar xokimligida kotibiyat mudiri lavozimida ishlagan, bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqaroga mansabdor tanishlari orqali viloyat markazidagi Shimoliy kichik sanoat zonasidan 80 sotix yer maydoni olib berish va bu borada shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga 50 ming dollar talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring