Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Besh soat kaltaklangan ayol voqeasidan Po‘lat Bobojonov xabardor qilingan

Besh soat kaltaklangan ayol voqeasidan Po‘lat Bobojonov xabardor qilingan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida erkak 5 soat davomida xotinini kaltaklab, o‘ldirishga uringani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi holat yuzasidan munosabat bildirib, ayol nazoratga olinganini bildirdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining viloyat hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyevaning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda jabrlanuvchi holidan xabar olindi va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda ayolning sog‘lig‘i tibbiyot xodimlari nazoratida, — deydi u.

Qayd etilishicha, voqeadan shaxsan ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ham xabardor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring