Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir gektar yerni katta pulga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Bir gektar yerni katta pulga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroga 1 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, S.U. va B.A.lar fuqaro D.ga 200 000 AQSh dollari evaziga Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini vakolatli tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va’da qilib, oldindan kelishilgan pulning 10 foizini hisoblab 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring