Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda paxtani payhon qilgan qo‘ylar so‘yilib, go‘shti tarqatildi

Buxoroda paxtani payhon qilgan qo‘ylar so‘yilib, go‘shti tarqatildi

Foto: «buxoroiib.uz»

1-oktyabr kuni soat 07:00larda Buxoro viloyati Peshku tumani Xurram mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro T.T. hamda shu manzilda yashovchi N.Y.lar o‘zlariga tegishli bo‘lgan 6 bosh qo‘y va echkilarini qarovsiz qoldirishgan. Oqibatda ushbu chorva mollari «Nodirbek Dilnura» fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasini payhon qilganligi aniqlangan.

Viloyat IIB rasmiy saytida ma’lum qilishinicha, bir bosh qo‘y va bir bosh echki so‘yilib, hududdagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan.

Shuningdek, 4-oktyabr kuni Buxoro tumani Talaliyon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan 1 bosh yirik shoxli qoramoli va bir bosh qo‘yini «Yurinpoyon yeri» fermer xo‘jaligiga qarashli paxta dalasida boqib payhon qilganligi aniqlangan. Bir bosh qo‘y so‘yilib, hududdagi 38-son maktabgacha ta’lim muassasasiga topshirilgan.

Ikkala holat yuzasidan ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring