Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 19 yoshli qiz va ayolning nomusiga tegilgani haqidagi xabarlarga prokuratura izoh berdi

Farg‘onada 19 yoshli qiz va ayolning nomusiga tegilgani haqidagi xabarlarga prokuratura izoh berdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida ayol va qizni uch nafar shaxs zo‘rlik ishlatib olib ketib, bir oy davomida ushlab turganligi va nomusiga tekkanligi, ushbu holatdan so‘ng homilador bo‘lib qolgan qiz o‘tgan yil dekabrida tuqqanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyat prokuraturasi holat yuzasidan o‘rganish natijalarini ma’lum qildi. 

Unda qayd etilishicha, fuqaro S.R. (2001 y.t.) 2020-yil 22-sentyabr kuni Quva tumani IIBga murojaat qilib, uni 2020-yil 25-mart kuni fuqaro T.S. Quva tumanidagi ko‘p qavatli uylarga olib borib, voyaga yetmagan D.J. va S.K. lar bilan birga uni va V.M. ismli ayolni bir oy davomida asossiz ushlab turganligi, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini bildirgan.

«Murojaat bo‘yicha Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Ammo S.R.ni zo‘rlik ishlatib nomusiga tegilganligi, olib ketilganligi va asossiz ushlab turilganligi haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topmagan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan oxirgi marotaba 2020-yil 12-dekabrda jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

O‘rganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmadi», deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring