Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandingizni bog‘chaga joylashtirmoqchimisiz?

Farzandingizni bog‘chaga joylashtirmoqchimisiz?

Foto: «Sputnik»

Bog‘chaga (maktabgacha ta’lim muassasasiga) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

Bolalar bog‘chaga Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi beradigan yo‘llanma asosida qabul qilinadi. Komissiya haftaning seshanba va juma kunlari fuqarolarni qabul qiladi.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

— bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berish to‘g‘risida ariza;

— bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasining asli va nusxasi;

— bolaning otasi yoki onasi pasportining asli va nusxasi;

— yashash joyidan ma’lumotnoma;

— ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlasa).

Bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi va ota-onasi pasportining asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan ko‘rilib, hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng egasiga qaytariladi.

Shu bilan birga navbat kutmasdan yo‘llanma oluvchi fuqarolar ham bor. Ular:

I va II guruh nogironlari;

ko‘p bolali oilalarning bolalari (oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar);

harbiy xizmatchilarning bolalari;

talabalar va pedagoglarning bolalari;

chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar.

Qabul komissiyasining qarori haqida uch kun ichida ariza beruvchilarga ma’lum qilinadi.

Yo‘llanma berilgandan so‘ng 15 kun ichida bog‘chaga taqdim etilmasa, o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bog‘chada tarbiyalanayotgan bolani boshqa bog‘chaga ko‘chirish qabul komissiyasi tomonidan yangidan yo‘llanma berish orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Hafiza Husanova,

Adliya vazirligi mas’ul xodimi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring