Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim nomini sotib «soqqa qilgan» shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hokim nomini sotib «soqqa qilgan» shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yilning dekabr oylarida 48 yoshli A.X. va 23 yoshli B.B. lar oldindan jinoiy til biriktirib, Namangan shahar, G‘alcha MFYda yashovchi S.A.ning ishonchiga kirishadi.

Uni «Namangan tuman hokimi bilan gaplashib, tikuvchilik sexi qurish uchun Namangan tumanida joylashgan «IDEAL» tikuvchilik korxonasi yonidagi dala maydonidan yer maydoni ajratib beramiz, har bir sotix yer uchun 700 AQSh dollaridan berasiz» deb aldab, juda ko‘p miqdoridagi, jami 34 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritib, S.A.ga yer maydoni olib bermay, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘larini shaxsiy manfaatlari uchun sarflab yuborishadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha 02.10.2020 yilda Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.X. va B.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring