Interpol qidiruvidagi shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Interpol Milliy markaziy byurosining xalqaro hamkorligi natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusi bilan O‘zbekistonga olib kelingan.
Ekstraditsiya ikki davlatning vakolatli organlari o‘rtasida muvofiqlashtirilgan harakatlar, shuningdek, Interpol kanallari orqali samarali hamkorlik asosida amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda BAA va boshqa xorijiy davlatlardan qidiruvdagi shaxslarni ekstraditsiya qilish holatlarining ortishi xalqaro kelishuvlarga tayangan holda yo‘lga qo‘yilgan barqaror ikki tomonlama aloqalar samarasi hisoblanadi.
Hozirda ushbu fuqaro qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish va sud oldida javob berish uchun tegishli vakolatli organlarga topshirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter