Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jomadonga joylangan murda»ning qotiliga sud hukmi o‘qildi

«Jomadonga joylangan murda»ning qotiliga sud hukmi o‘qildi

Joriy yilning avgust oyida Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda chiqqandi. Marhum Oliy sudning sobiq xodimi Sh.A. ekani ma’lum bo‘lgandi.

Holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi («qasddan odam o‘ldirish», 97-modda) bo‘yicha ikki nafar shaxs qo‘lga olinib, asosiy gumondor Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining travmatologiya bo‘limi boshlig‘i R.X. ekanligi aniqlangandi.

Kecha, 11-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Alisher Jalilov raisligida o‘tgan sud majlisida o‘qilgan hukmga ko‘ra, qotillikda aybdor deb topilgan R.X. 19 yilga, uning jinoiy sherigi A.M. 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring