Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marg‘ilonda korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Marg‘ilon shahrida juda ko‘p miqdordagi soliqlarni to‘lamagan korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.K. o‘zi va boshqa fuqarolar nomiga jami 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni tashkil etib, qisqa vaqt ichida 22,8 mlrd so‘m tovar aylanmasini amalga oshirib, 1,4 mlrd so‘m soliq to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi hamda 10,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pullarni bankdagi hisob raqamiga topshirmaganligi, shuningdek, faoliyati davomida «Malibu-2», «Neksiya-3» va «Spark» rusumli avtotransport vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 184-moddasi (Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189-moddasi (Savdo qoidalarini buzish) va 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring