Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganning yirik Telegram-kanali adminlari tovlamachilik ustida qo‘lga olindi

Namanganning yirik Telegram-kanali adminlari tovlamachilik ustida qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Telegramdagi «Namanganliklar» va «Namangan-cars» kanali adminlari O.T., M.A. va J.B.lar o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi «Sohil» kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSh dollari olgan paytda qo‘lga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

«Xushnudbek.uz» telegram kanalida yozilishicha, yollangan bir guruh ayollar kafega kirishib ovqatdan suvarak chiqqanligini aytib janjal ko‘tarishgan va ovqatdagi tarakanni videoga olib, videoni «Namanganliklar» kanali adminiga olib borib berishgan.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, kanal admini oshxona egasini «Namanganliklar» kanalida 100 ming a’zosi borligi, agar video kanalga chiqarilsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi bilan qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilgan.

Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Namanganliklar» kanaliga qo‘shilgan so‘nggi xabarlar quydagicha bo‘lgan:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring