Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Murodov ishi sobiq DXX raisiga oid jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda

Otabek Murodov ishi sobiq DXX raisiga oid jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda

Foto: «Nuz.uz»

Bugun, 30-iyul kuni Bosh prokuratura binosida joriy yilning dastlabki olti oyi kesimida prokuratura organlari faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Unda jurnalistlarning qator savollariga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov vakolati doirasida javob berib o‘tdi.

Xususan, tadbirda sobiq bosh prokuror Otabek Murodov taqdiriga oid berilgan savolga «...uning (sobiq Bosh prokurorning) ishi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilayotgani» bildirildi.

I.Abdullayev va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi maxfiyligi nuqtai nazaridan uning tafsilotlari oshkor etilishiga qonun izn bermasligi ham ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Murodov shu yilning 20 iyun kuni Bosh prokuror lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring