Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi OTMda «Elektron universitet» platformasi yaratiladi

Toshkentdagi OTMda «Elektron universitet» platformasi yaratiladi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent davlat yuridik universitetida 2019-2020-yillar davomida maxsus innovatsion loyiha amalga oshirilib, uning natijasida «Elektron universitet» platformasini yaratish orqali yuridik ta’lim olishga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Ushbu loyiha uchun Jahon banki tomonidan Akademik innovatsiyalar fondi granti doirasida 140 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. «Elektron universitet» platformasi doirasida «Elektron tadqiqot», «Elektron ta’lim», «Elektron pedagog», «Elektron talaba», «Elektron kutubxona», «Elektron huquqiy targ‘ibot» kabi dasturlarni yaratish va yagona global platformaga birlashtirish orqali universitet resurslaridan istalgan nuqtadan bemalol, ortiqcha qiyinchiliklarsiz foydalanish, ta’lim olish jarayoniga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabilar ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari,  TDYuUda loyiha doirasida jahonning eng nufuzli xalqaro ilmiy markazlari mutaxassis va ekspertlarini jalb etish hamda dunyodagi eng mashhur universitetlarda mavjud bo‘lgan innovatsion tadqiqotlar olib borish uchun forsayt-markazni tashkil etish orqali O‘zbekistonda yuridik fanni yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring