Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarzing yo‘qmi? Oq yo‘l...

Qarzing yo‘qmi? Oq yo‘l...

Foto: «zmina.info»

Darding bo‘lsayam qarzing bo‘lmasin, degan gap bor. Bu bejizga emas. Qarzdorda xotirjamlik bo‘lmaydi. Xotirjamlik yo‘q ekan, ishida unum qayda?!  Boz  «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 421-moddasiga ko‘ra, qarzdor (jismoniy shaxs) O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi  vaqtincha cheklab qo‘yilishi mumkin. Bu  talab alimentchi otalarga ham taalluqli. Oyiga bir siqim aliment  to‘lashi belgilangan bo‘lsayam to bolasi voyaga yetib, ayni majburiyatdan qutilmaguncha ahvoli shu.

Boshqa chora yo‘qmi?

Bor. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan «Aliment summalarini oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unga ko‘ra, aliment to‘lovchi shaxs O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini qayta tiklash uchun aliment summalarini oldindan to‘lashi yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasini tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi va uning chetga chiqish huquqlari tiklanadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 02.11.2018-yildagi ijro hujjatiga asosan  Sh.Sulaymonovdan M.Maxramova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun  har oylik ish haqi yoki boshqa daromadining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish  belgilangan. Ijro ishini yuritish davomida Sh.Sulaymonovning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangangandi. Qarzdorning murojaati asosida u bilan suhbatlashib, chetga chiqish huquqini tiklash uchun 96 oylik aliment pullarini birdaniga to‘lash lozimligi tushuntirildi. Natijada ota  62 million so‘mni to‘lagach, cheklov bekor qilindi.

Yana bir misol.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining  21.12.2017-yildagi ijro hujjatiga asosan  S.Ummatovdan  A.Ikramova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oylik ish haqi yoki boshqa daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish  ko‘rsatilgandi. Mazkur hujjatga asosan chet chiqish huquqi vaqtincha cheklangan S.Ummatov MIBning tuman bo‘limga murojaat qilib, qolgan davr uchun aliment summalarini hisoblab berishni so‘radi. To‘lanishi kerak bo‘lgan miqdor 50 million so‘mligini bilgach, darhol to‘lovni amalga oshirdi.

- Qarzim qolmadi-a?

- Albatta. Oq yo‘l....

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring