Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suddagi ishlar: na kulasan, na kuyasan?!

Suddagi ishlar: na kulasan, na kuyasan?!

Soat 16:30.ga sud belgilangandi deng. Ishlar ko‘pligidan sudga ulgurmadim. Hafsalam pir bo‘ldi, kayfiyat tushdi. Nahotki, shunchalik mas’uliyatsiz bo‘lsam, deb o‘zimdan hafa bo‘ldim. Sud ishimizni ko‘rmasdan qoldirgan bo‘lsa, qaytadan davlat boji va pochta xarajati to‘lab, hammasidan qaytadan boshlayman, deb o‘yladim.

Soat 17:00.da hech bo‘lmasa vaziyatni bilib ketay deb sudga keldim.

Sudda tumonat odam.

Yaxshiyam kelibman. Hali bizning ishni ko‘rguncha yana ikkita odamning ishi bor ekan.

Xullas, sudga yarim soat kechikib kelib, yana yarim soat kutdik.

Bo‘lgan holatga kulgim kelsa, har kun bir soat vaqtim sudda kutish bilan o‘tayotganiga yig‘lagim kelib ketdi.

Nega bizda shunday?

Sud tizimi qachon tartibga solinadi?

Sud odamlarning qadrli vaqtini o‘g‘irlashni to‘xtatadimi?

(Manba: Advokat24.uz)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring