Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudlangan «bozorqo‘m» Toshkent bozorlarini «qo‘lga oldi»

Sudlangan «bozorqo‘m» Toshkent bozorlarini «qo‘lga oldi»

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilishida hokimliklar va bozorlar faoliyatidagi qing‘irliklar haqida ham so‘z yuritildi.

Bosh prokurorning qayd etishicha, ayni paytda bozorlarda tanish-bilishchilik, turli suiiste’molchilik va talon-torojliklar kuzatilmoqda.

Birgina poytaxtdagi «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» direktori I. qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, tergov o‘tkazilmoqda.

U muqaddam savdo va bozor sohalarida ishlab, bir necha marotaba sudlangan, so‘nggi bor «Sergeli dehqon bozori» direktori lavozimida ishlaganda sodir etgan suiiste’molchiliklari va talon-torojliklar uchun 2016-yilda sud hukmi bilan jazolangan.

I. 2019-yil fevral oyida yana «Sergeli dehqon bozori» direktori lavozimiga tayinlanib, o‘sha yilning aprel oyidan esa «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» direktorligiga o‘tgan.

Bu bozorda ham «eski hunari»ni davom ettirgan I. bozorga shaxsiy mulki sifatida qarab, tushumlarni va bozor mulkini talon-toroj qilish bilan shug‘ullanib kelgan.

G‘araz maqsadlarini amalga oshirish uchun atrofiga o‘ziga hayrihoh shaxslarni to‘plab, qisqa muddatda 2,7 mlrd. so‘mlik tushum pullarini o‘marganligi, 919 mln. so‘m soliqdan bo‘yin tovlaganligi, bozorda 124 ta noqonuniy qurilmalar qurdirganligi aniqlangan.

Talon-toroj qilgan pullardan qariyb 740 mln. so‘mini legallashtirgan, jumladan, 340 mln. so‘mga 5 xonali kvartira, 200 mln. so‘mga «Trailblazer» avtomashinasini sotib olgan. 

Buning ortidan bozor o‘ta ayanchli holatga kelib qolgan.

Shu bilan birga, «Sergeli dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Aviasozlar dehqon bozori»ga o‘ziga yaqin shaxslarni lavozimga o‘tkazishga erishib, ushbu bozorlarga ham o‘zi norasmiy rahbarlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring