Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Toshkent viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.Yu. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan «Tisovir» (Favipiravir) nomli dori vositasini har bir qutisini 295 ming so‘mdan hisoblab, xaridorga 300 quti dorini 88,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy telegram kanalida xabar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring