Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kuppa kunduzi bosqinchilik sodir etildi. Gumondorlar Kosondan ushlandi

Toshkentda kuppa kunduzi bosqinchilik sodir etildi. Gumondorlar Kosondan ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Shu yilning 14-yanvar kuni taxminan soat 12.30 da Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki nafar erkak tibbiy niqob taqib olib 35 yoshli Yu.X. va uning 27 yoshli singlisi M.M. yashaydigan xonadonga kirishgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Hujum vaqtida uyda faqatgina M.M. bo‘lgan. G‘arazgo‘ylar uni qo‘rqitib, bor pullar va qimmatbaho buyumlarni berishini talab qilganlar. Natijada ular jami Yu.X.ga tegishli bo‘lgan 6.700 AQSh dollari, narxi 200 AQSh dollari bo‘lgan telefon va 800 AQSh dollarilik tilla taqinchoqlarni olib, voqea joyidan yashiringanlar. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi («Bosqinchilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilarning shaxslari aniqlanib, ular Qashqadaryo viloyati Koson tumanida qo‘lga olindilar.

Ulardan biri – jabrlanuvchining opasini do‘sti 32 yoshli Ramish E. va ikkinchisi – muqaddam sudlangan 40 yoshli Sanjar I. bo‘lgan. Ular Qashqadaryo viloyati Koson tumanida istiqomat qilishgan, jinoyat sodir etgandan so‘ng o‘sha yerda yashirinmoqchi bo‘lganlar. Tintuv davomida ular bosqinchilik bilan olib qo‘ygan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Mirzo Ulug‘bek tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudi qo‘lga olinganlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring