Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ulardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, ichki ishlarga murojaat qiling» — Toshkent shahar IIBB

«Ulardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, ichki ishlarga murojaat qiling» — Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yil 21-noyabr kuni Yakkasaroy tuman IIBga 22 yashar Johar L.dan noma’lum shaxslar tomonidan «Malibu» avtomobili salonidan umumiy qiymati 11,2 million so‘m bo‘lgan shaxsiy buyumlari o‘g‘irlangani haqida murojaat kelib tushdi. Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi («O‘g‘irlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati. 

22-noyabrga o‘tar kechasi, soat 3:30 atrofida Shayxontahur tuman ichki ishlar idoralariga 41 yoshli Laziz A. murojaat qiladi va «Epica» avtomobilidan shaxsiy buyum hamda hujjatlari o‘g‘irlanganini bildirdi. Ushbu holat bo‘yicha ham yuqoridagi modda bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tezkor tadbirlar davomida jinoyat-qidiruv xodimlari tomonidan kuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganildi va ikki o‘g‘irlik ham «Cobalt» mashinasida harakatlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi. Ko‘rilgan choralar natijasida 23-noyabr kuni gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.

Ular Andijon shahrida tug‘ilgan 24 yashar Mansur Mansurov, Afzal Lutfiyev va 22 yoshli Xurshidbek Shamshiddinov bo‘lib chiqdi. Hozirda ularning shunga o‘xshash boshqa jinoyatlarga daxldorligi tekshirilmoqda.

Fuqarolardan mazkur shaxslarning qilmishlaridan jabrlangan bo‘lsalar ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring