Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhandislik kasbi qayerda eng ommalashgan? (infografika)

Muhandislik kasbi qayerda eng ommalashgan? (infografika)

Foto: «Wisegeek»

«Germania.one» portalining ma’lumot berishicha, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) o‘tkazgan tadqiqotda Germaniya muhandislik yo‘nalishida tahsil oluvchilari ulushi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turishi aniqlandi, undan keyin esa — 22 foizlik ulush bilan Janubiy Koreya. Qolaversa, Germaniyada deyarli har beshinchi ilmiy unvon shu yo‘nalishda olinadi.

Mazkur reytingda birgina Meksika Germaniyani ortda qoldirdi. Bu mamlakatda oliy ma’lumotlilarning 23 foizi muhandislik, qurilish va sanoat yo‘nalishlarini bitirganlar. Shuningdek, Avstriya (21 foiz) va Portugaliyada (20 foiz) ham muhandislik kasbining nufuzi baland.

Muhandis va quruvchi bo‘lish istagidagilar eng kam Irlandiya (10 foiz), Buyuk Britaniya (9 foiz), Niderlandiya (8 foiz) va AQShda (7 foiz).

Infografika: «Statista»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring