Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Daryo Bo‘yi» loyihasida sotuvlar boshlandi

«Daryo Bo‘yi» loyihasida sotuvlar boshlandi

«Daryo Bo‘yi» markazi direksiyasi mazkur loyiha tarkibiga kiruvchi savdo majmualari, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, kafe va restoranlar, mehmonxonalar hamda ofis binolarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarining sotuvi boshlangani haqida xabar bermoqda.

Joriy yilning iyun oyida «Daryo Bo‘yi» markazi loyihasi taqdim qilingan bo‘lib, ushbu loyiha Chirchiq daryosi o‘zanini qisqartirish, va obodonlashtirish ishlaridan bo‘shagan hududda turli infratuzilma ob’yektlarini qurishni ko‘zda tutadi.

«Daryo Bo‘yi» markazi direksiyasining ma’lum qilishicha, ayni paytda uchastkalarni tayyorlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ilk 9 ta lot https://e-auksion.uz portali orqali sotuvga qo‘yilgan – bu yer maydonlarini sotib olishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlaydi.

Auksionga qo‘yilgan yer maydonlarida savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, kafe va restoranlar, sanoat korxonalarini va ijtimoiy markazlar qurish taklif qilinmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichida 25 ga yer maydoni yashil hududga aylantirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek piyodalar uchun sayr qilish hududlari, xiyobonlar, sport maydonchalari, yugurish va velosport uchun yo‘laklar barpo etiladi.

Sotuvga qo‘yilgan lotlar haqida quyidagi havolalar orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin:

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732210

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732171

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732170

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732169

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732168

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732167

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732166

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732165

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=732164

Murojaat uchun telefon: +998 955017070

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring