Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerlarga ko‘proq erkinlik beriladi

Fermerlarga ko‘proq erkinlik beriladi

2021 yil hosilidan boshlab, davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilmoqda. Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va DSQ qo‘shma qarori bilan qishloq xo‘jaligida erkin bozor tamoyiliga to‘sqinlik qilgan qator qarorlarni bekor qilindi.

Shuningdek, davlat xaridlari butunlay bekor qilinadi va ishlab chiqarilgan don barcha iste’molchilarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi.

Ichki bozorda don va don mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash uchun zarur miqdordagi donni Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi sotib oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring