Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Holland biznesmenlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bozorlari bilan qiziqmoqda

Holland biznesmenlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bozorlari bilan qiziqmoqda

Foto: www.trend.az

O‘ttizdan ortiq holland kompaniyasi joriy yil mart oyining o‘rtalarida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Agro World Uzbekistan» 13-qishloq xo‘jaligi yarmarkasida qatnashadi. Bu haqida Ozarbayjonning «Trend» agentligi xabar bermoqda.

Mazkur kompaniyalar o‘z stendlari bilan ko‘rgazmada qatnashadilar. Ularning ko‘pchiligi issiqxonachilik va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Shuningdek, parrandachilik, sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar ham bor.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, agrar tarmoq o‘zbek-holland hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi.

«Agro World Uzbekistan-2018» ko‘rgazmasining asosiy maqsadi fermerlarga soha mutaxassislari va davlat organlari vakillari bilan samarali muloqot qilish uchun imkoniyat yaratish, texnika sotib olish va infratuzilmani yaxshilash maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring