Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei kompaniyasi Digital Leadership Forumida raqamli transformatsiya va BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi

Huawei kompaniyasi Digital Leadership Forumida raqamli transformatsiya va BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi

7 iyul kuni O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan va dunyoning turli burchaklaridan 300 dan ortiq IT-kompaniyalar, xorijiy tashkilotlar va tadbirkorlarni birlashtirgan, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya sohasidagi yutuqlari, raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Digital Leadership Forum boshlandi.

Mamlakatda IT va raqamli xizmatlarning xorijga potensial eksportini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. 24 yil davomida O‘zbekiston raqamli hamjamiyatining faol ishtirokchisi bo‘lgan Huawei kompaniyasi forumning panel sessiyalarida ishtirok etdi.

Tadbirda marketing va texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha beshta hududiy resurs markazlaridan biri (Marketing and Solution Sharing Center, MSSC) rahbari Yemi Vang xonim ichki BPO xizmatlarini taqdim yetish uchun ochiq bo‘lgan O‘zbekistondagi MSSC markazi faoliyati bilan tanishtirdi. Markazning asosiy vazifalari – raqamli marketingni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, marketing tadbirlari, tarmoqni rejalashtirish va loyihalash, maslahat va tadqiqotlar, shartnomalar ishlab chiqish, AKT yechimlarini ishlab chiqish, tenderlarda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mintaqaviy resurs markazi O‘zbekistondagi vakolatxonasi negizida AKT infratuzilmasini mustahkamlash, raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun chet ellik mutaxassislar va mahalliy iste’dodlarni jalb yetgan holda O‘zbekiston vakolatxonasi negizida Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarida AKTni rivojlantirishga har tomonlama masofaviy yordam ko‘rsatadi.

“Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasining bir qismi sifatida raqamli hukumat tizimlarini joriy yetish mavzusidagi panel sessiyasida Huawei Global Carrier bo‘limi prezidenti maslahatchisi janob Pol Skanlan ishtirok etdi. Ma’ruzachi so‘z davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni qayd etdi va kompaniyaning mamlakatimizda AKT sohasini yanada texnologik rivojlantirish bo‘yicha qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘zbekiston raqamli rivojlanish sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi va raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi tamoyillari va siyosati iste’dodlarni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va AKT infratuzilmasini mustahkamlash uchun imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekistonda 24 yillik tajribaga ega Huawei kompaniyasi o‘zining mamlakatdagi keyingi rivojlanishini 5G, bulutli hisoblash va sun’iy intellekt kabi yangi avlod raqamli texnologiyalarni innovatsion integratsiya orqali ko‘rmoqda. Biz davlat sektori, aloqa operatorlari, korxonalar, mahalliy va global hamkorlar bilan turli sohalarning aqlli raqamli transformatsiyasini jadallashtirish, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va jamiyat uchun katta qiymat yaratish maqsadida yaqin hamkorlikni mustahkamlash tarafdorimiz”, dedi Pol Skanlan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda mobil va statsionar infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, yagona ma’lumotlar markazini ishga tushirish loyihasini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda bulutli hisoblash va Big Data texnologiyalarini joriy etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Raqamli xizmatlarni yanada rivojlantirish va keng joriy yetish borasidagi yutuqlar va tendensiyalarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi Roland Berger xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda Huawyei ko‘magida “Oq kitob”ni taqdim etdi.

O‘zbekistonda elektron hukumat va AKT infratuzilmasi. Hujjatda elektron hukumatni yanada rivojlantirish, eng yangi texnologiyalarni joriy yetish orqali infratuzilmani mustahkamlash, inson kapitali va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli davlat xizmatlarini takomillashtirish siyosati nuqtai nazaridan O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan ilg‘or jahon tajribasi belgilab berilgan.

1987 yilda tashkil etilgan Huawei kompaniyasi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi yechimlari va aqlli qurilmalarning yetakchi global provayderi hisoblanadi. Huawei kompaniyasi 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda 207 000 xodim va ofislarga ega.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1999 yilda ochilgan. Ayni paytda unda 400 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda, shundan 70 foizi mahalliy ishchilardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring