Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-Parkka ko‘chayotgan tashkilotlarning Toshkent markazidagi qator ob’yektlari savdoga qo‘yildi

IT-Parkka ko‘chayotgan tashkilotlarning Toshkent markazidagi qator ob’yektlari savdoga qo‘yildi

Toshkent shahridagi IT-Park hududiga ko‘chayotgan korxonalarning binolari sotuvga chiqarildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi davlat muassasasi balansida saqlangan, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasida joylashgan ma’muriy bino (22, 22a va 24-uylar) sotiladi.

Ushbu obe’ktning umumiy maydoni: 7237 kv.m, qurilish osti maydoni: 2178 kv.metrni tashkil etadi.  Boshlang‘ich narxi — 97 246 049 576 so‘m.

Shuningdek, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 53-uyda joylashgan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga tegishli bino va inshootlar sotiladi.

Ushbu obe’ktning umumiy maydoni: 895 kv.m., qurilish osti maydoni: 574 kv.m. Boshlang‘ich narxi — 15 098 318 000  so‘m.

Savdolar 31 iyuldan boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring