Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biznesni rivojlantirish banki» jamoatchilikka  axborot berdi

«Biznesni rivojlantirish banki» jamoatchilikka  axborot berdi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agetligida «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ishtirok etib, jamoatchilikka axborot berdi.

Dastur  doirasida «Biznesni rivojlantirish banki» tuzilmalari, bank tomonidan ta’sis etilgan Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi va 14 ta «Kichik biznesga ko‘maklashish xududiy markazlari» tomonidan faol amaliy ishlar olib borilmoqda.

2024-yil 24-may holatiga «Biznes portal» platformasiga kelib tushgan arizalardan 54 488 ta  tashabbuskorlar skoring bosqichida ijobiy baholandi.

Shu kunga qadar hokim yordamchilari tomonidan 49 064 ta loyihalarga ijobiy tavsiya berilgan.
Hozirda o‘rganish uchun hokim yordamchilari jarayonidagi loyihalar soni 2 424 tani tashkil qiladi.
Loyihalarni baholash  va tanlash guruhi tomonidan 39 112 ta loyihaga o‘quv jarayoniga ruxsat berilgan bo‘lib, bugunga qadar 4 524 ta loyiha tashabbuskorlari o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, 34 588 ta tashabbuskor tomonidan imtihon topshirilgan bo‘lib, ulardan 31 132 tasi sertifikatni qo‘lga kiritishgan.

Ayni paytga qadar barcha tijorat banklari tomonidan 19 377 ta loyihaga kredit ajratish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi. Ularni amalga oshirish uchun umumiy loyiha qiymati 1 trln. 887 mlrd.  so‘mlik kredit shartnomalari imzolanib, ajratilgan kredit hajmi esa 1 trln. 702 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring