Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyati DSB rahbarlari almashdi

Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyati  DSB rahbarlari almashdi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari rahbarlari o‘zgardi. Bu haqda DSQ rasmiy saytida xabar berildi.

Jumladan, Nasimjonov Yunusjon Zohidovich Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1967-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich  Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi. Shukurulloxon Nisbatxonov 1969-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, yangi lavozimiga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Raimov Ravshan Isakdjanovich  Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. Ravshan Raimov 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi tayinlangan boshlig‘i bundan avval Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring