Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keyingi yildan boshlab tomorqalarda qalampir ekish boshlanadi

Keyingi yildan boshlab tomorqalarda qalampir ekish boshlanadi

Foto: «Xabar.uz»

Yurtimizda dunyo bozorida xaridorgir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ommalashmoqda. «Marg‘ilon 330» achchiq qalampir navi O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan bo‘lib, o‘rtapishar nav hisoblanadi. Mevasi dona-dona, texnik yetilganda yashil, biologik yetilganda qizil bo‘ladi. Eksport talabiga ko‘ra, keyingi ekish mavsumida qalampirni aholi tomorqasida ham yetishtirish rejalashtirilmoqda. Boisi, 60-80 kunda tayyor bo‘ladigan achchiq qalampirni tomorqa xo‘jaligida yetishtirish orqali bir oila bir mavsumda o‘rtacha 9-10 million so‘m daromad olishi mumkin. Bu haqda bugun boshlangan «Agro Food Forum-2018» xalqaro anjumanida ma’lum qilindi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ish boshlagan «Chiliuz» kompaniyasi mamlakatimizda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirish, qayta ishlash va uni chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi — agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etib, belgilangan hosilni to‘plash va ushbu mahsulotni dehqonlarimiz hamda davlatimiz uchun katta daromad manbaiga aylantirish.

Foto: «Xabar.uz»

Ayni paytda ushbu tashkilotning yurtimizning 9 ta viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida hududiy ma’suliyati cheklangan jamiyatlari o‘z faoliyatni boshladi. Hozir mazkur hududlarning 18 ming gektardan oshiq yaqin yer maydonlarida qalampir urug‘larining Hindiston davlatidan keltirgan «Kayen» va mahalliy «Marg‘ilon 33» navlari ekildi. «Kayen» qalampir ko‘chatining bo‘yi 45-50 sm tashkil etadi.

Ranggi to‘q qizil bo‘lgan bu qalampir mevasining uzunligi 12 smgacha eni esa issiqlik va quyoshni xush ko‘radi. Bu mahsulot asosan quritilgan va sous holda iste’mol qilinadi. Og‘irligi taxminan, 60 gramm tashkil qiladi. O‘simlikning guli yulduzcha shaklida bo‘ladi. Mutaxassislar boshqa achchiq qalampirdagi bo‘lgani kabi kayen qalampirning tarkibida ham inson salomatligi va hayoti uchun foydali xususiyatlar ko‘pligini aniqlashgan. Mazkur qalampir ko‘chatlarining achchiqlik darajasi 7,8 ballni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring