Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Banklardagi jami kredit qoldig‘i 283,5 trln. so‘mga yetdi

Banklardagi jami kredit qoldig‘i 283,5 trln. so‘mga yetdi

Foto:«Xabar.uz»

Banklarning jami kreditlar qoldig‘i 2021-yil 1-aprel holatiga 283,5 trln.so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborotida aytildi.

Shundan,
• yuridik shaxslarning – 226,7 trln.so‘mlik
• jismoniy shaxslarning – 56,8 trln.so‘mlik kredit qoldiqlari mavjud.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha
- 29,4 trln so‘mlik ipoteka;
- 12,1 trln so‘mlik avtokredit va iste’mol kreditlari;
-  9,3 trln so‘mlik tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlari;
-  5,9 trln so‘mlik mikroqarz bo‘yicha kredit qoldiqlari mavjud.

Shuningdek, kreditlar tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 10,2 trln.so‘mni tashkil qilib, jami kredit portfelining 3,6 foizini tashkil qilgan.

Yil boshiga nisbatan muammoli kreditlar miqdori 4,4 trln.so‘mga oshgan va bu asosan davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring