Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 17-iyundagi yig‘ilishi yakunlari e’lon qilindi.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
2026-yil may oyida umumiy inflyasiya yillik 5,5 foizgacha, bazaviy inflyasiya esa 5,7 foizgacha pasaydi.
Umumiy inflyasiya 2026-yil yakunida 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy o‘sish prognozi esa 7–7,5 foiz darajasida saqlab qolindi.
Joriy yilning iyun oyidan energiya resurslari tariflarining oshirilishi inflyasiyaga qisqa muddatli ta’sirga ega bo‘ladi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyasiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 29- iyul kuniga belgilangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter