Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank oltin tangalarning yangi qiymatini e’lon qildi

Markaziy bank oltin tangalarning yangi qiymatini e’lon qildi

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Markaziy bank esdalik tangalarning 2019-yil 27 fevraldan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi – 13 900 000 so‘m;

1 ta kumush tanga narxi – 266 000 so‘mni tashkil etdi.

Esdalik tangalarning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, oltin tangalar ilk bor 2018-yil noyabr oyidan sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, uning narxi dastlab, 12 700 000 so‘mni tashkil etgandi. Demak taqqoslaydigan bo‘lsak, oltin tangalar 1 200 000 so‘mga qimmatlagan.  Oltin tangalar narxi esa 30 000 ming so‘mga oshdi.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring