Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank to‘lov balansi va tashqi qarzi bo‘yicha nashr e’lon qildi

Markaziy bank to‘lov balansi va tashqi qarzi bo‘yicha nashr e’lon qildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha nashr e’lon qildi. «Davletovuz» kanalida mana shu nashrga asoslanib xulosa qilindi.

E’tiborga molik ma’lumotlar va xulosalar:

Birinchidan, 2018 yilda 14.9 mlrd.kub gaz eksport qilingan, o‘rtacha tortilgan narxi 185 AQSh dollari. 70 tonna oltin tashqariga sotilgan, o‘rtacha tortilgan narxi (unsiyasi) 1269 dollar.

Ikkinchidan, 2018 yilda Kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobining ijobiy saldosi ta’minlangan.

Uchinchidan, 2018 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 624 mln.dollarni tashkil etgan va bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 3 martaga kamdir (investitsion muhit o‘zgarmaganligi, balki yomonlashayotganligining belgisi). Kirib kelayotgan investitsiyalarning asosiy qismi mahsulot taqsimotiga oid bitimlar hissasiga to‘g‘ri keladi

To‘rtinchidan, mamlakatning tashqi qarzi yangi davrda muttasil o‘sib bormoqda va 2018 yil yakuniga ko‘ra, 17.3 mlrd.AQSh dollariga yetgan. Bunda xususiy kompaniyalar tashqi qarzi kamayib, davlat tashqi qarzi yuqori sur’atlarda oshib borayotganligi ahamiyatlidir.

Beshinchidan, jismoniy shaxslarning pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi sekinlik bilan bo‘lsada kamayib bormoqda, AQSh, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlar bilan bog‘liq o‘tkazmalar hajmda va sur’atda tezroq o‘sib bormoqda.

Oltinchidan, 2026 yilgacha bo‘lgan davrda tashqi qarzlarning qaytarilishi bo‘yicha eng katta yuklama 2019 yilga to‘g‘ri keladi.

To‘liq nashr bilan ushbu havola orqali tanishib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring