Mirziyoyev: O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi bu yil 180 mlrd dollardan oshishi kutilyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev V Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida so‘zga chiqib, mamlakat iqtisodiyoti va investitsiya muhitidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtaldi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lib, shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yil hissasiga to‘g‘ri keladi.
Prezident o‘tgan yili mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7,7 foizga o‘sgani, iqtisodiyotga 43 milliard dollar investitsiya kiritilganini qayd etdi. Shuningdek, xalqaro zaxiralar hajmi 70 milliard dollardan oshgan.
«To‘rt yil avval O‘zbekiston YaIMini 2026 yil yakuniga qadar 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik. Bugun jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda», – dedi davlat rahbari.
Toshkent xalqaro investitsiya forumida bu yil dunyoning 100 mamlakatidan qariyb 4 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter