Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft-gaz sohasiga Janubiy Koreyadan investitsiya jalb etiladi

Neft-gaz sohasiga Janubiy Koreyadan investitsiya jalb etiladi

2020 yil 7 fevral kuni «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv Raisi Mehriddin Abdullayev va «SK Engineering & Construction» kompaniyasi katta vitse- prezidenti BK Kim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Janubiy Koreya Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18-21 aprel kunlarida O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasida do‘stlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochganligi, keng qamrovli hamkorlikni mustahkamlashga turtki bo‘lganligi hamda neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati muhokama qilindi.

Xususan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va qayta qurish loyihasi doirasida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha ham muzokara bo‘ldi.

«SK Engineering & Construction» kompaniyasi Buxoro NQIZ loyihasini amalga oshirishda va boshqa neft-gaz sohasidagi loyihalarga Janubiy Koreya davlati investitsiyalarini jalb etilishida amaliy yordam ko‘rsatishini bildirdi.

Uchrashuvda Buxoro NQIZ loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish hamda 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilish doirasida loyiha ishlab chiqish uchun muhandislik xizmati shartnomasini imzolashga kelishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring