Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘rikzor» bozori va boshqa bir qator ob’yektlar sotuvga qo‘yildi

«O‘rikzor» bozori va boshqa bir qator ob’yektlar sotuvga qo‘yildi

Foto: «mapio.net»

Toshkent shahridagi «O‘rikzor» ulgurji va chakana savdo bozori sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining saytida xabar berildi.

Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tomonidan 2018-yil 31-yanvar kuni savdolarga qo‘yilgan davlat aktivlari ro‘yxatida savdo hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ikkita mulk kompleksi ham ko‘rsatilgan.

Skrin: Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi

Birinchi kompleks Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan bo‘lib, maydoni 22,7 ming kvadrat m. kv.ga teng, 42,7 mlrd. so‘mlik narxda taklif etilmoqda; ikkinchi kompleksning maydoni 23,6 ming m. kv. bo‘lib, Uyg‘ur ko‘chasida joylashgan — 62 mlrd. so‘mdan.

Har ikki kompleks ham oferta shartnomasi bo‘yicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi — yangi xaridor mazkur ob’yektlarga mablag‘ kiritishi lozim, uning aniq summasi ko‘rsatilmagan.

Hozirda ushbu komplekslar «O‘rikzor savdo kompleksi» MChJ balansida turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring