Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek meva-sabzavotlariga ishonch so‘nmoqda: Prezident muammo yechimini aytdi

O‘zbek meva-sabzavotlariga ishonch so‘nmoqda: Prezident muammo yechimini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Muloqotda eksportni an’anaviy bozorlardan yuqori narxda mahsulot sotib oluvchi davlatlarga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, bunday bozorlar bilan ishlashni kuchaytirish muhimligini qayd etdi. Jumladan, Yaponiyada savdo uyini akkreditatsiya qilish va ijara to‘lovining kompensatsiya masalasini hal qilish topshirildi. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSh va Qozog‘istondagi savdo uylari ham tadbirkorlar boshqaruviga beriladi.

Bundan tashqari, eksport uchun yangi istiqbolli bozorlar bo‘lgan Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderland), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar) kabi yirik port shaharlarda savdo uylarini ochish zarurligi qayd etildi.

Muloqotda yurtimizdagi laboratoriyalar xalqaro standartlarga mos emasligi oqibatida o‘zbek meva-sabzavotlariga ishonch so‘nayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ko‘tarilgan masalaning o‘rinli ekanini qayd etdi va muammoning yechimini ko‘rsatib berdi.

Jumladan, yaqinda O‘mon sultonligi bilan Yuqorichirchiqdagi Agroxizmatlar markazida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ilk xususiy laboratoriya ochildi. Shu yilni o‘zida 8 million dollar investitsiya hisobiga Zangiota tumani, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ham xuddi shunday zamonaviy laboratoriyalar ishga tushadi.

Mutasaddilarga 5 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazib, xorijiy davlatlar karantin xizmatlari ro‘yxatiga kiritish, yil yakunigacha Toshkent shahrida Referens laboratoriya tashkil qilib, xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash topshirildi.

Bundan buyon, xalqaro tan olingan reagentlar import bojidan ozod qilinadi, ularga majburiy ekologik sertifikat olish talab etilmaydi.

Shuningdek, meva-sabzavot sifati bo‘yicha Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning milliy talablari o‘rganilib, o‘zimizda joriy qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring