Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tarixda ilk bor 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi

O‘zbekiston tarixda ilk bor 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston tarixda ilk marotaba 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi. Bu Moliya vazirligi London fond birjasiga tayanib bergan ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, qarz obligatsiyalarini yopish muddati 2024 va 3029-yil fevral oylari etib belgilangan.

O‘zbekiston avvaliga obligatsiyalar daromadliligini 5,625 — 5,75 foiz hamda 6 foiz miqdorida belgilagan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli foiz stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, ular 4,75% va 5,3% gacha tushirildi.

Joylashuv talabga javob beradigan va yaxshi diversifikatsiya qilingan bo‘lib chiqdi, chunki institutsional investorlardan 3,8 milliard $ lik 150 ga yaqin taklif qabul qilindi.

Jo‘g‘rofiy nuqtai nazardan britaniyalik investorlar 5−10 yillik obligatsiyalarning 39% va 32 foizini, amerikaliklar 23% va 31 foizini xarid qildilar. Kontinental Yevropa investorlari 32% va 37 foiziga ega bo‘ldilar, qolgan 6% va 10 foizi esa Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika investorlari tomonidan sotib olindi.

Obligatsiyalarning aksariyatini (75% va 78%) boshqaruv fondlari, sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari (20% va 16%) hamda banklar (5−6%) xarid qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring