O‘zbekistonliklar ta’lim xizmatlariga 5 oyda 18,8 trln so‘m sarfladi
2026-yil yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasi yetakchilik qildi. Uning ulushi jami ta’lim xizmatlarining 44,7 foiziga teng bo‘lib, mazkur yo‘nalish bozorda eng katta segment sifatida qayd etildi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi 9,7 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 1,3 trln so‘m va Farg‘ona viloyati — 1,1 trln so‘m bilan qayd etildi.
Shuningdek, Andijon viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 918,9 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 908,4 mlrd so‘m, Namangan viloyatida esa 901,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati — 799 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati — 782,2 mlrd so‘m, Xorazm viloyati — 578,9 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyati — 577,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 533,2 mlrd so‘m qayd etildi.
Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax viloyatida (279,9 mlrd so‘m), Navoiy viloyatida (244,4 mlrd so‘m) hamda Sirdaryo viloyatida (192,1 mlrd so‘m) kuzatildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter