Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piskentda elektron texnika vositalari ishlab chiqariladigan yirik texnopark qurilishi mumkin

Piskentda elektron texnika vositalari ishlab chiqariladigan yirik texnopark qurilishi mumkin

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov xitoylik investorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tumanning investitsion salohiyati, bu yerda yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami haqida so‘z bordi, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘z navbatida, Xitoy kompaniyasining direktorlar kengashi raisi janob Yue Xefu janoblari istiqboldagi biznes loyihalar haqida so‘zlab bergan.

Shundan so‘ng, xitoylik tadbirkorlar loyiha istiqboli uchun zarur yer maydonini borib ko‘rishdi. Tuman hokimligi tomonidan ularga transport va insrafstruktura nisbatan yaxshi rivojlangan 3 ta hududdan yer maydoni ko‘rsatildi.

Mazkur loyiha amalga oshsa, kelgusida qariyb 2 mingta yangi o‘rni yaratiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, 150 million dollar qiymatidagi bu investitsion dastur orqali Piskentda elektron texnika ishlab chiqariladigan yirik quvvat faoliyat ko‘rsata boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring