Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori bilan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» «Navoiyuran»ga aylandi

Prezident qarori bilan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» «Navoiyuran»ga aylandi

Foto: Navoiy KMK

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4629-son, 06.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, «Navoiy KMK» davlat korxonasi nomlanishi tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi – «Navoiyuran» davlat korxonasiga o‘zgartirildi. Shuningdek, «Navoiy KMK» DK mol-mulkining qismi negizida:

— qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, AJ ko‘rinishidagi «Navoiy KMK» AJ ishlab chiqarish korxonasi;
— «NKMK jamg‘armasi» davlat muassasasi ta’sis etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «NKMK jamg‘armasi» DM va «Navoiyuran» DKning ta’sischisi hisoblanadi.

Moliya vazirligi «NKMK» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (ta’sischisi) funksiyasini bajaradi.

«Navoiy KMK» DK xodimlarining «NKMK» AJ va «NKMK jamg‘armasi» DMga o‘tkazilishi Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda, o‘tkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq to‘lashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, 5 yil davomida «NKMK jamg‘armasi» DM ixtiyoriga berilayotgan «Navoiy KMK» DK ishchi xodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining faoliyat turini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaror bilan «Navoiy KMK» DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha komissiya tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring